» » Behzod Hoshimov: “Agar haqiqatan ham yiliga 8 foizdan o‘sganimizda edi, hozir yillik daromadimiz 1,5 ming emas, 5800 dollar bo‘lardi”

Behzod Hoshimov: “Agar haqiqatan ham yiliga 8 foizdan o‘sganimizda edi, hozir yillik daromadimiz 1,5 ming emas, 5800 dollar bo‘lardi”


Taniqli iqtisodiy tahlilchi Behzod Hoshimov Telegram’dagi kanalida O‘zbekiston, Xitoy, Qozog‘iston va Vyetnamning 1991-yilgi va hozirgi iqtisodiyoti hajmini taqqosladi.

Oxirgi 28 yilga qarasak, iqtisodiyotimiz juda sust o‘sgan. Konvertning orqasida hisob qilsak: agar 1991-yilda bizda bugungi dollar hisobida kishi boshiga daromad 652 dollar bo‘lgan bo‘lsa, Xitoyda bu raqam 333 dollar bo‘lgan. Hozir Xitoy bizdan olti barobar boyroq. Bizda 1500 dollar, ularda esa 9800 dollar.

1991-yilda Qozog‘iston bizdan sal kam ikki barobar boy bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib, ular ham olti barobar boyib ketdi. Vyetnamda 1991-yili bu ko‘rsatkich 138 dollar bo‘lgan, ya’ni o‘sha paytda O‘zbekiston ulardan besh barobar boyroq edi. Hozir Vyetnamda kishi boshiga ko‘rsatkich 2563 dollar. Ya’ni — bizdan boyroq.

Oddiy qilib aytsak, biz yiliga kishi boshiga 3,4 foizdan o‘sib keldik (hamkasblarim kechirishadi, lekin bu raqam deyarli to‘g‘ri). Bunaqa kichkina baza (600 dollar)dan shunchalik sekin o‘sish nihoyatda g‘ayritabiiy. Bunday yomon o‘sish sababi nima degan savol ustida fikrlab ko‘ring.

PS. Agar biz oxirgi 28 yilda yiliga 8 foizga o‘sganimizda edi, hozir yillik daromadimiz 1500 dollar emas, 5800 dollar bo‘lar edi.

Behzod Hoshimov

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Bunaqangi sakkiz foizni “badiiy asar” deydilar. Yalpi ishlab chiqarish sur’ati sakkiz foiz bo‘lgan mamlakatda sil va boshqa kasalliklar bo‘lmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют