» » Oxirgi mukofotlash marosimidagi mojarodan so‘ng “Oskar” mukofotini topshirish tartibi o‘zgaradi

Oxirgi mukofotlash marosimidagi mojarodan so‘ng “Oskar” mukofotini topshirish tartibi o‘zgaradi


Amerika kinematografiya san’ati akademiyasi oxirgi mukofotlash marosimidagi xatolik uchun aybni zimmasiga olgan PricewaterhouseCoopers (PWC) auditorlik kompaniyasi xizmatlaridan voz kechmaslikka qaror qildi, biroq ularning ish tartibi keyingi yildan o‘zgaradi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Eslatib o‘tamiz, “Oskar” mukofotini topshirishning oxirgi marosimida sahnadan “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “La-La Lend” g‘olib bo‘lgani haqida e’lon qilingach, kartina prodyuseri mikrofon qarshisiga kelib, xatolik yuz berganini aytgandi. Ma’lum bo‘lishicha, tashkilotchilar konvertlarni chalkashtirib yuborgan, va aslida esa eng yaxshi kartina deb “Oy shu’lasi” e’tirof etilgan.

Ovozlarni hisoblash va konvertlarni tarqatish uchun endilikda ikki kishi emas, uch kishi javob berishi ta’kidlanmoqda. Bunda ulardan biri g‘olibni avvaldan biladi va agar biror narsa xato ketsa, marosim boshlovchisini ogohlantirishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, sahna ortida har qanday gadjetlardan foydalanish taqiqlanadi.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют