» » A Seriya. “Napoli” va “Roma” g‘alaba qozondi (video)

A Seriya. “Napoli” va “Roma” g‘alaba qozondi (video)


Futbol bo‘yicha  Italiya chempionatining 4-turi doirasida 22-sentabr, yakshanba kuni 4 ta uchrashuv yakunlandi.

Paulu Fonseka qo‘l ostidagi Rimning “Roma” klubi safarda “Bolonya”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 49-daqiqasida Rim klubi himoyachisi Aleksandar Kolarov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib mezbon jamoa yarim himoyachisi Nikola Sansone penaltidan gol urdi. 90-daqiqada esa hujumchi Edin Jeko Lorenso Pellegrini uzatmasini golga aylantirdi.

Shu tariqa “Roma” “Bolonya”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Roma” 8 ochko jamg‘arib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi, “Bolonya” esa 7 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Napoli” mehmonda “Lechche”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yin davomida “Napoli” a’zolari Fernando Lyorente (28, 82), Lorenso Insinye (40, penalti) hamda Fabian Ruis (52) gol urgan bo‘lsa, “Lechche”dan  Marko Mankozu penaltidan unumli foydalanib, o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (61).

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Napoli” mehmonda kechgan bahsda “Lechche”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Qayd etish joiz, “Napoli” 9 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 3-o‘rinni band qilib turibdi. 18-o‘rinda borayotgan “Lechche” hisobida esa 3 ochko mavjud.

A Seriya

4-tur bahslari

20-sentabr, juma

Gollar: 1:0 — 46 Simeone, 1:1 — 83 Kuame, 2:1 — 84, avtogol Sapata, 3:1 — 87 Joao Pedro

21-sentabr, shanba

Gol: 0:1 — 57 Romulo

Gollar: 0:1 — 20 Velozu, 1:1 — 31 Remzi, 2:1 — 49, penalti Ronaldu

Gollar: 0:1 — 49 Brozovich, 0:2 — 78 Lukaku

22-sentabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 26 Kaputo, 2:0 — 45 Kaputo, 3:0 — 47 Dankan

Gollar: 0:1 — 49 Kolarov, 1:1 — 54, penalti Sansone, 1:2 — 90 Djeko

Gollar: 0:1 — 28 Lyorente, 0:2 — 40, penaltiInsinye, 0:3 — 52 Fabian Ruis, 1:3 — 61, penalti Mankozu, 1:4 — 82 Lyorente

Gol: 1:0 — 56 Gabbyadini

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют