» » Chimkentda o‘zbekistonlik talabalar mahalliy yoshlar tomonidan kaltaklanayotgani xabar qilindi

Chimkentda o‘zbekistonlik talabalar mahalliy yoshlar tomonidan kaltaklanayotgani xabar qilindi


Qozog‘istoning Chimkentdagi Akademik-innovatsion universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar mahalliy aholining tazyiqiga uchrayotgani haqida murojaat paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.

Sardor Norboyev ismli talaba videomurojaatiga ko‘ra, o‘zbekistonlik talabalarning yotoqxonasiga ikki kishi kelib, ularni o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilgan. Talabaning aytishicha, ko‘cha-ko‘yda yurganda ham mahalliy yoshlar ularni ushlab olib, pichoq bilan tahdid qilgan. Videoda talabaning yuzida jarohat izlarini ko‘rish mumkin.

Yana bir talaba — Muzaffar Tojiboyevning ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik talabalar do‘konga chiqqanida ularni urib, pullarini olib qo‘yish, pichoq bilan tahdid qilish holatlari yuz bergan. Zo‘ravonliklar universitet hududida ham bo‘lgan — oliygohda bo‘lgan QVZ musobaqasi vaqtida mahalliy yoshlar zalga kirib, o‘zbekistonlik talabalarni urgan.

“Talabalar videomurojaatda yotoqxonadan tashqariga chiqa olmayotganini aytib, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan yordam so‘ragan”, — deyiladi “Xabar.uz” xabarida. Talabalarning aytishicha, ular ushbu holatlar yuzasidan mahalliy politsiyaga ham, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalariga ham murojaat qilgan, lekin tayinli yordam ololmagan.

Hozircha o‘zbekistonlik talabalarning ushbu videomurojaatlari yuzasidan O‘zbekiston rasmiylari ham, Qozog‘iston tomoni ham biror izoh berganicha yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют