» » O‘zbekistondagi ehtiyoji baland hududlarga 50 ta “Damas” tez tibbiy yordam avtomobili berildi

O‘zbekistondagi ehtiyoji baland hududlarga 50 ta “Damas” tez tibbiy yordam avtomobili berildi


O‘zbekistondagi ehtiyoji baland hududlarga 50 ta “Damas” tez tibbiy yordam avtomobili berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 16-mart kuni O‘zbekiston Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.

Hujjatda sohani rivojlantirishga doir ko‘plab vazifalar qatorida kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimning transport parkini boyitish uchun davlat budjeti va boshqa mablag‘lar hisobidan 2017-yilning o‘zida 1 200 ta tez tibbiy yordamga ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari xarid qilinishi ham belgilangan edi.

Ayni kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan 50 dona “Damas AMB” rusumidagi tez tibbiy yordam avtomobilari xarid qilinib, ehtiyoj baland bo‘lgan hududlarga berildi. Bu esa tez tibbiy yordam xizmatining yanada tezkor va sifatli ishlashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют