» » Bundesliga. 4 ta gol urilgan o‘yinda “Borussiya D” “Ayntraxt”ni yenga olmadi (video)

Bundesliga. 4 ta gol urilgan o‘yinda “Borussiya D” “Ayntraxt”ni yenga olmadi (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 5-turi doirasida 22-sentabr, yakshanba kuni 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Lyusyen Favr qo‘l ostidagi Dortmundning “Borussiya” klubi mehmonda Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasi bilan bellashdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida “arilar” yarim himoyachisi Aksel Vitsel Torgan Azar uzatgan to‘pni “Ayntraxt” darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 43-daqiqaga kelib mezbon jamoa hujumchisi Andre Silva hisobni tenglashtirdi (1:1). 66-daqiqada esa angliyalik Jeydon Sancho jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 88-daqiqada Dortmund klubi yarim himoyachisi Tomas Dileyni avtogol muallifiga aylandi.

Shu tariqa bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Borussiya Dortmund” 10 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Ayntraxt” esa 7 ochko bilan 9-o‘rinni band qilib turibdi.

Bundesliga

5-tur bahslari

22-sentabr, yakshanba

Gollar: 0:1 — 6 Adams, 1:1 — 74 Tyuram, 2:1 — 87 Tyuram

Gollar: 0:1 — 11 Vitsel, 1:1 — 43 Andre Silva, 1:2 — 66 Sancho, 2:2 — 88, avtogol Dileyni

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2019, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют