» » Turkmanistondagi “Barakali” bozori telereportaj uchun yopib qo‘yilib, turli mahsulotlar bilan to‘ldirildi

Turkmanistondagi “Barakali” bozori telereportaj uchun yopib qo‘yilib, turli mahsulotlar bilan to‘ldirildi


Ashxobod shahridagi “Barakali” bozori xaridorlar uchun yopib qo‘yilib, telereportaj tayyorlash maqsadida mahsulotlar bilan to‘ldirildi, deb xabar beradi “Xroniki Turkmenistana”.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bozor rastalari turli-tuman meva va poliz ekinlari, qandolatchilik mahsulotlari, oxirgi vaqtlarda ancha taqchil bo‘lgan tovuq tuxumlari bilan to‘ldirilgan. Rastalar orasida operatorlar kamerasi bilan harakatlangan. Bozorga kirishda esa operatorlarning yordamchilari navbatchilik qilgan. Ular bugun bozor ishlamasligini aytib, xaridorlarni bozor ichiga qo‘ymagan.

Mustaqil jurnalistlarning taxminicha, “oziq-ovqat mo‘lligi” haqidagi reportaj Turkmaniston mustaqilligi kuni — 27-sentabrda televideniye orqali namoyish etilishi mumkin.

“Umuman olganda deyarli har kuni davlat OAVlarida mamlakatda yetishtirilayotgan mahsulotlar haqida materiallar namoyish etilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Mustaqil OAVning ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston davlat do‘konlarida so‘nggi bir necha yildan buyon taqchillik va uzundan uzoq navbatlar kuzatilmoqda. Xususiy do‘konlarda tanlov bor, biroq narx ancha qimmat. Narxlarning yuqoriligi dollarning rasmiy va “qora bozor”dagi kursi orasidagi farq bilan izohlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют