» » Zerikayotgan 100 yoshli amerikalik pensionerga tug‘ilgan kunida ishlashga imkoniyat yaratib berildi

Zerikayotgan 100 yoshli amerikalik pensionerga tug‘ilgan kunida ishlashga imkoniyat yaratib berildi


AQShda 100 yoshli erkakning sobiq ish beruvchisi uning tug‘ilgan kunida avvalgi ishida 1 kun ishlab ketishi uchun qo‘ng‘iroq qilib chaqirdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Uch yil avval Nyu-Jersi shtatida istiqomat qiluvchi Bill Xansen konditsioner va isitish tizimini o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi Hutchinson Plumbing, Heating and Cooling kompaniyasida quvur o‘rnatuvchi bo‘lib ishlagan edi.

Pensioner ishsiz o‘tirishni yomon ko‘rganini aytdi. 32 yil davomida bitta kompaniyada faoliyat yuritgan 100 yoshli erkak sobiq ish joyiga qaytishni orzu qilgandi.

Mavzuga doir: 94 yoshli amerikalik ayol “Makdonalds”dagi faoliyatining 44 yilligini nishonladi

Xansen 100 yoshga to‘lganida kompaniya rahbari Fred Xatchinson uning orzusini ro‘yobga chiqardi. Keksa erkak Hutchinson Plumbing, Heating and Cooling kompaniyasiga chaqirildi, direktor unga kun davomida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tuzib berdi, uning sobiq hamkasblari esa yubilyarni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Bill Xansen bir kun davomida ishlagani uchun rasmiy ish haqi – 1 dollar ishlab oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют