» » Los-Anjelesda “Emmi” mukofoti laureatlari e’lon qilindi

Los-Anjelesda “Emmi” mukofoti laureatlari e’lon qilindi


22-sentabr kuni Los-Anjelesda “Emmi” mukofotining 71-tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Meduza.

“Taxtlar o‘yini” seriali “Eng yaxshi dramatik serial” deb topildi. Serial jami 12 ta yo‘nalish bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritdi. Xususan, Tirion Lannister roli uchun Piter Dinkleyj “Ikkinchi plandagi eng yaxshi dramatik aktyor” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.

Avvalroq, “Taxtlar o‘yini” seriali “Emmi” mukofotining rekord darajada — 32 ta nominatsiyasiga da’vogarlik qilishi haqida xabar berilgandi.

“Chernobil” esa “Eng yaxshi mini-serial” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Ssenariynavis Kreyg Meyzin va serial rejissori Jonan Renk o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tengsiz deb topildi. “Chenobil” seriali jami 10 ta “Emmi” haykalchalarini qo‘lga kiritdi.

Eng yaxshi dramatik aktyor deya Billi Porter (“Holat” seriali) topilgan bo‘lsa, eng yaxshi dramatik aktrisa sifatida Judi Komer (“Yevani o‘ldirish”) e’tirof etildi.

Eng yaxshi televizion film deya “Qora ko‘zgu”, “Brandashmig” epizodlari topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют