» » Stiven King plagiatlikda ayblanib sudga berildi

Stiven King plagiatlikda ayblanib sudga berildi


The Rook komikslari mualliflari Stiven Kingni “Qora minora”da plagiatlikda ayblab sudga da’vo kiritdi. Ular yozuvchidan 500 million dollardan ortiq badal to‘lashni talab qilmoqda. Bu haqda TMZ xabar bermoqda, deb yozadi “Afisha Daily”.

Da’vogarlarning so‘zlariga qaraganda, King “Qora minora” kitoblari to‘plami bosh qahramoni obrazini ulardan o‘zlashtirgan. Yozuvchi fantastik epopeyasidagi Roland Diskeyn The Rook personajlaridan biri Restin Deynga juda o‘xshash bo‘lib chiqdi. Komikslar yaratuvchilari qahramonlar vaqtlar oralig‘ida sayohat qilishi, maxluqlarni o‘ldirishi va deyarli abadiy yashovchi sargushatlar ishqibozi ekanligi bilan ham o‘xshashini ta’kidlamoqda.

Restin Deyn ishtirokidagi komikslar 1977-yildan 1983-yilgacha chiqqan. Stiven Kingning “Qora minora” nomi ostidagi birinchi kitobi esa 1982-yilda chop etilgan. Yozuvchi The Rook komikslarini o‘qiganligini tan oldi.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют