» » Toshkentdan Qozog‘istonning Xorgos va Petropavlsk shaharlariga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentdan Qozog‘istonning Xorgos va Petropavlsk shaharlariga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi


Toshkentdan Qozog‘istonning Xorgos va Petropavlsk shaharlariga 25-sentabrdan muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Daryo”ga Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, mazkur yo‘nalishlarda Uzautotrans Service korxonasining Yutong avtobuslarida xizmat ko‘rsatiladi.

“Toshkent—Xorgos” qatnovlar haftaning dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 10:00 da yo‘lga chiqadi. Chipta narxi esa 200 000 so‘m etib belgilangan. Yo‘nalish masofasi 1235 kilometrni tashkil etadi.

“Toshkent—Petropavlsk” yo‘nalishida qatnovlar kunora amalga oshiriladi. Avtobus “Toshkent” avtovokzalidan soat 19:00 da jo‘nab ketadi. Chipta narxi 337 000 so‘mni tashkil etadi. Yo‘nalish masofasi 2150 kilometr.

Avvalroq Uzautotrans Service korxonasi 24-sentabrdan “Toshkent—Qozon”, “Toshkent—Nur-Sulton” va “Toshkent—Xo‘jand” yo‘nalishlarida ham muntazam qatnovlarni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.

“Toshkent—Qozon” yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Avtobus soat 11:00 da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘nab ketadi. “Toshkent—Qozon” xalqaro avtobus yo‘nalishining masofasi 2651 kilometr bo‘lib, yo‘lkira haqi 500 000 so‘mni tashkil etadi. Safar davomida avtobuslar O‘zbekistonning “G‘ishtko‘prik”, Qozog‘iston respublikasining ‘Jibek Jo‘li’ va ‘Jaysan’ hamda Rossiyaning ‘Sagarchin’ chegara bojxona postlaridan o‘tadi.

Shuningdek, “Toshkent—Nur-Sulton” yo‘nalishida qatnovlar kunora amalga oshiriladi. 1646 kilometr teng masofani avtobuslar 27 soat 30 daqiqada bosib o‘tadi. Ushbu yo‘nalishda chipta narxi 220 000 so‘mni tashkil etadi.

Bundan tashqari, “Toshkent—Xo‘jand” yo‘nalishida qatnovlar har kuni amalga oshiriladi. Avtobuslar “Toshkent” va “Xo‘jand” avtovokzallari o‘rtasida Nurafshon, Bo‘ka shaharlari orqali harakatlanib, “Oybek” va “Fotehobod” nazorat o‘tkazish punktlaridan o‘tadi. Ushbu yo‘nalish masofasi 174 kilometrga teng bo‘lib, chipta narxi 50 000 so‘mni tashkil etadi.

Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalarni “Toshkent” avtovokzali kassalaridan xarid qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют