» » Toshkentda ZiyoNET maxsus tarif rejalari taqdim etildi

Toshkentda ZiyoNET maxsus tarif rejalari taqdim etildi


Toshkentda yoshlar ma’rifiy va ta’lim resurslariga kirishiga imkon beruvchi ZiyoNET maxsus tarif rejalarini joriy etishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir mutasaddilari ma’lum qildi.

Mazkur xizmat va tariflar bir necha yil mobaynida yuridik shaxslar uchun (ta’lim, kutubxona va boshqa madaniyat muassasalari) imtiyozli ZiyoNET tarif rejasini joriy etish tajribasi asosida ishlab chiqildi.

Mazkur tarif rejalari doirasida ZiyoNET tarmog‘ining internet milliy va xorijiy segmentiga mansub ilmiy-ommabop, ma’naviy-ma’rifiy resurslarni o‘z ichiga oluvchi Axborot resurslari yagona reyestriga kirish imkoniyati yaratiladi. Ularni joriy etishda yoshlar uchun foydali bo‘lishdan tashqari narx jihatdan qulay bo‘lishiga ham e’tibor qaratildi.

Hozirda ZiyoNET Axborot resurslari yagona reyestriga ta’lim, madaniyat, sport, biznes, tibbiyot, ko‘ngilochar, shuningdek, eng kichik yoshdagi bolalar uchun uchun mo‘ljallangan 3 mingga yaqin resurs kiritilgan. Ro‘yxat doimo yangilanib boriladi.

Tashkilotchilar foydalanuvchilarni yoshlar uchun qiziqarli va foydali bo‘lgan yangi resurslarni taklif etish, shuningdek, o‘zlari ham bepul ravishda shaxsiy veb-saytlarini yaratishga chaqirdi.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют