» » Yangiyo‘lda qisqa tutashuv oqibatida bir-biriga qo‘shni ikki hovli yondi

Yangiyo‘lda qisqa tutashuv oqibatida bir-biriga qo‘shni ikki hovli yondi


Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 22-sentabr kuni soat 19:09 atrofida “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini Guliston ko‘chasida joylashgan 100 va 102-uylarda yong‘in yuz bergan.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidan xabar berishlaricha, dastlabki o‘t o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga xabar kelib tushganidan keyin yetti daqiqa o‘tib yetib borgan; olovni o‘chirishga jami oltita bo‘linma jalb etilgan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida 100-uyning 60 kvadrat metr maydonida, 102-uyning esa 80 kvadrat metr maydonida tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Yong‘indan uylarning jami 500 kvadrat metr maydonlari saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

“Hodisaning taxminiy sababi — elektr simlaridagi qisqa tutashuv”, — deya xabar bermoqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati.

Mavzuga doir: Qibrayda qisqa tutashuv oqibatida ikki hovli yonib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют