» » Toshkent agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti Janubiy Ural davlat agrar universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bitimlar imzoladi

Toshkent agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti Janubiy Ural davlat agrar universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bitimlar imzoladi


Joriy yilning 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida Toshket davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jalik instituti Rossiyaning Janubiy Ural davlat agrar universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bitimlarni imzolashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari markazi boshlig‘i “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbirda O‘zbekistonning agrar sohaga ixtisoslashgan oliygohlari bilan Janubiy Ural davlat agrar universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro bakalavr va magistrantlar almashish, zootexnika, veterinariya, agromuhandislik kabi sohalarda ilmiy-pedagog kadrlarning malaka oshirishini takomillashtirish, zamonaviy o‘quv, o‘quv-uslubiy ilmiy adabiyotlar almashinishni yo‘lga qo‘yish kabi sohalardagi aloqalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari va istiqbollari muhokama etildi.

Mehmonlar tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘simliklarni biologik himoyalash borasidagi tajribani chuqur o‘rganish, Rossiya Federatsiyasida uni joriy qilish masalalariga katta qiziqish borligi alohida ta’kidlandi.

Oliygohlar o‘rtasidagi shartnomalar Toshkent Davlat agrar universiteti rektori B.Sulaymonov, Andijon qishloq xo‘jalik instituti rektori A.Abduvasiqov hamda Janubiy Ural davlat agrar universiteti rektori V.Litovchenko tomonidan imzolandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют