» » Samarqand va Jizzaxda bojxona boshliqlari o‘zgardi

Samarqand va Jizzaxda bojxona boshliqlari o‘zgardi


Jizzax va Samarqand viloyatlari bojxona boshqarmalarining boshliqlari o‘zgardi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Bojxona xizmati podpolkovnigi Qahramon Umarov Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Bungacha Umarov Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat olib borayotgan edi.

Shuningdek, bojxona xizmati polkovnigi Doniyor Yusupov Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Qayd etishlaricha, bungacha Yusupov Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat olib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют