» » O‘zbekiston OTMlarida to‘lov-kontrakt pulini to‘lashning so‘nggi muddati belgilandi

O‘zbekiston OTMlarida to‘lov-kontrakt pulini to‘lashning so‘nggi muddati belgilandi


2019—2020-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 15-oktabr etib belgilandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ma’lum qilishlaricha, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019—2020-o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘rtacha 18 foizga oshirilgan. Ayni vaqtda talabalarda to‘lov-kontraktni “stipendiyasiz” ko‘rinishda, shuningdek, oyma-oy bo‘lib to‘lashi ham mumkin bo‘ldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 12:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют