» » Xitoy kompaniyasi klonlashtirilgan mushuk vositasida biznesni yo‘lga qo‘ymoqchi

Xitoy kompaniyasi klonlashtirilgan mushuk vositasida biznesni yo‘lga qo‘ymoqchi


Sinogene Biotechnology 2018-yil avgustida mushuklarni klonlashtirishni boshlagandi. Britaniyaning kalta yungli Garlik laqabli mushuk embrioni surrogat ona mushukka o‘tkazilganidan 66 kun o‘tib tug‘ilgan. Klon mushuk ommaga oradan bir oy o‘tgach namoyish qilindi, deb xabar bermoqda “Spot”.

Garlik va original mushuk bir xil ko‘rinishga ega, biroq ularning temperamenti hamda xarakterlari turlicha, deydi Sinogene Biotechnology’ning ilmiy xodimi va Xitoy fanlar akademiyasi a’zosi Lay Lyansue. Olimning qayd etishicha, klonlashtirilgan mushukning yashash davri boshqa mushuklarnikidan farq qilmaydi.

Sinogene Biotechnology ijrochi direktori Mi Jidong kompaniyada sun’iy intellekt texnologiyasi yordamida klonlarga original jonivorlar xotiralarini transplantatsiya qilish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Hozircha Sinogene’da bu borada ish boshlanmagan, lekin kompaniya mutaxassislari Ilon Maskning Neuralink startapiga o‘xshash ushbu loyiha tez orada bunga yo‘l ochishiga ishonmoqda.

Olimlarning keyingi maqsadi — otlar va yo‘qolib ketish arafasidan turgan hayvonlar – panda va Xitoy yo‘lbarslarini klonlashtirish bo‘ladi.

Xitoyliklar jonivorlardan tibbiyot maqsadlarida foydalanish, uy hayvonlarini klonlashtirishni yoki ularda kosmetika mahsulotlarini sinovdan o‘tkazishni vaxshiylik deb hisoblamayapti. Ularning fikricha bu ishlar hayvonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

“Klonlashtirish uy hayvoni egasining ma’naviy ehtiyojlarini qondirishi va uni baxtli qilishi mumkin. Bunga bozor sharoitida talab ham kuchli. Bunda men muammo ko‘rmayapman”, — deydi Pekin qishloq xo‘jaligi universiteti professori Van Chuduan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют