» » Malayziya kompaniyasi Xivada Wi-Fi hududlari tashkil qiladi

Malayziya kompaniyasi Xivada Wi-Fi hududlari tashkil qiladi


Xorazm viloyatida ilk bor Malayziya internet-provayderi faoliyatini boshladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Malayziyaning Hadid Engineering kompaniyasiga tegishli Hadid Kazanakh sho‘ba korxonasi qiymati 2 million AQSh dollariga teng bo‘lgan Digitalizing Khiva City loyihasi doirasida Xivada tezkor simsiz internet xizmatlarini ko‘rsatadi.

Hadid Kazanakh korxonasi 2019-yil yanvarida investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan. Malayziya kompaniyasi vakolatxonasi ham faoliyatini Xorazmda boshlagan va Malayziyaning eng ulkan internet-provayderi TM Global bilan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishida hamkorlik qiladi.

Hadid Kazanakh shu kabi loyihalarni boshqa viloyatlar hududlarida ham Hadid Engineering investitsiyalarini jalb etgan holda amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Hadid Engineering injiniring hamda telekommunikatsiya xizmatlari, turar-joy, sanoat va tijorat obyektlarini qurish, shuningdek, neft-gaz va neft-kimyo sanoati hamda energetika sohasida faoliyat olib boruvchi kompaniya hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют