» » Indoneziyadagi namoyishlarda 27 nafar odam halok bo‘ldi

Indoneziyadagi namoyishlarda 27 nafar odam halok bo‘ldi


Indoneziyaning Papua provinsiyasidagi namoyishlar vaqtida 27 nafar odam halok bo‘ldi. Yaralanganlar soni 77 nafarni tashkil qiladi. 23 nafar odam Vamenda, bir nafar harbiy hamda uchta talaba Jaypurda halok bo‘lgan. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Papua hamda G‘arbiy Papuadagi namoyish harakatlari avgustdan beri davom etib kelmoqda. 23-sentabr, dushanba kuni papualik talabalarning boshqa viloyatlarda tahqirlanish holatlari kuzatilgani sabab Papuadagi namoyishlar yana boshlanib ketdi. Vamendagi norozilik ishtirokchilari savdo nuqtalari va ma’muriy binolarga o‘t qo‘ydi. Jaypurda esa huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan to‘qnashuv kuzatildi. U yerda hibsga olinganlarning soni 300 nafarni tashkil etadi.

Politsiyaning rasmiy vakili Dedi Prasetioning so‘zlariga ko‘ra, ushbu namoyishlar BMT Bosh assambleyasidagi ishtirokchilar e’tiborini tortish uchun amalga oshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют