» » Samarqandda ShHT sammiti uchun yo‘l va ko‘chalarni ta’mirlashga 25 mln dollar ajratildi

Samarqandda ShHT sammiti uchun yo‘l va ko‘chalarni ta’mirlashga 25 mln dollar ajratildi


O‘zbekiston hukumati tomonidan 2022-yilda Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarini moliyalashtirish tartiblari belgilandi, deb yozmoqda “Norma.uz”. Sammitda ishtirok etish uchun 20 dan ziyod davlatlar rahbarlari tashrif buyuradi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 2017-yilda tashkil etilgan Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga 25 million dollar ajratdi. Kredit muddati 5 yil bo‘lib, uning 2 yili 2 foizlik imtiyozli davrdan iborat.

Olingan mablag‘lar hisobidan shahar ko‘cha va yo‘llari holatini yaxshilash, shuningdek, ShHT sammitini o‘tkazish uchun davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilgan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют