» » Farg‘onada uyida bir kilodan ortiq marixuana saqlagan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘onada uyida bir kilodan ortiq marixuana saqlagan shaxs qo‘lga olindi


Farg‘ona viloyati IIBning xabariga ko‘ra, 11-sentabr kuni tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori—2019” tadbiri davomida Teleming qishlog‘ida yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan V.N.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan.

Xonadonni ko‘zdan kechirish jarayonida 1 151 gramm marixuana giyohvandlik moddasi saqlab kelinayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan, deya xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют