» » O‘zbekistonda partiyalar imzo to‘plashni boshladi. Deputatlikka nomzod ko‘rsatish uchun kamida 40 ming imzo kerak

O‘zbekistonda partiyalar imzo to‘plashni boshladi. Deputatlikka nomzod ko‘rsatish uchun kamida 40 ming imzo kerak


Markaziy saylov komissiyasi (MSK) 22-dekabrga belgilangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarda ishtirok etadigan besh partiyaning vakolatli vakillarini 24-sentabr kuni ro‘yxatga oldi, deya xabar bermoqda MSK matbuot xizmati.

Partiyalarning vakolatli vakillari saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etishga haqli.

Markaziy saylov komissiyasi vakolatli vakillarga ularning ro‘yxatga olinganligi haqidagi guvohnomalar hamda saylovchilarning imzolarini to‘plashlari uchun belgilangan namunadagi imzo varaqalari topshirgan. Saylov kodeksiga asosan, siyosiy partiya o‘zining saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida 40 ming saylovchining imzosini to‘plagan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishi mumkin.

Saylov kampaniyasi 20-sentabr kuni start olgan. Saylovda O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan besh partiyaning bari — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Liberal-demokratik partiya, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi hamda Ekologik partiya ishtirok etmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda saylov kampaniyasiga start berildi. Parlament saylovlari 22-dekabrga belgilandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют