» » O‘zbekistonda 1-martdan boshlab hojatxonasi yo‘q “avtozapravkalar”ning faoliyati to‘xtatiladi

O‘zbekistonda 1-martdan boshlab hojatxonasi yo‘q “avtozapravkalar”ning faoliyati to‘xtatiladi


2020-yil 1-martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari (AYoQSH)da (xususan, “gaz-zapravkalar”da ham) kecha-kunduz ishlaydigan hojatxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi kerak. Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan 21-sentabr kuni qabul qilingan qarorda belgilab qo‘yilgan.

Hozirda O‘zbekistonda ishlab turgan 4 mingga yaqin “zapravka”larning 20 foizidagina hojatxona bor. Bu esa nafaqat fuqarolarga, balki sayyohlarga ham noqulaylik tug‘dirmoqda, chunki barcha rivojlangan mamlakatlarda “avtozapravka” nafaqat yonilg‘i olish, balki ovqatlanib, dam olish joyi hamdir.

Qarorda hojatxonalarning bo‘lishi majburiy talab qilib belgilangan bo‘lsa (hojatxonasiz AYoQSHning ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi, egasiga esa chora ko‘riladi), qolgan talablar faqat tavsiyaviy xarakterga ega.

Xususan, “zapravka” egalariga shoxobchani savdo nuqtalari, maishiy xizmat ko‘rsatish, tez ovqatlanish maskanlari, bepul Wi-Fi hududi bilan ta’minlash tavsiya qilingan. 2020-yilning 1-sentabriga qadar esa har bir viloyatida yuqorida sanalgan qulayliklarga ega kamida bitta namunaviy AYoQSH tashkil etiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi turistlar ko‘p tashrif buyuradigan arxeologik yodgorliklarda hojatxonalar quriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют