» » Qoraqalpog‘istonda 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan brakonyerlar qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan brakonyerlar qo‘lga olindi


Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida 23-sentabr kuni o‘tkazilgan tungi reyd vaqtida 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan brakonyerlar qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tungi reyd Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasining “Mo‘ynoq hududida suv obyektlarini muhofaza qilishga ixtisoslashgan tezkor nazorat guruhi” xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

Tungi soat 3:00 da Mo‘ynoq tumani “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yig‘inidan oqib o‘tuvchi Aqshadaryo kollektori atrofida o‘tkazilgan reyd vaqtida UAZ-469 rusumli avtomobil to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan va salonida ikkita ov miltig‘i (TOZ-63 va Ij-18) va 13 bosh jayron borligi aniqlangan.

Brakonyerlar T.B. va P.A. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 13 bosh jayronni 22-sentabr kuni soat 15:00—17:00 oralig‘ida noqonuniy ovlagan. “Ayni damda noqonuniy ov bo‘yicha barcha hujjatlar to‘planib, Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Sentabr oyi boshida «Qozoqdaryo» ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan Akpetkey ko‘llar tizimida o‘tkazilgan reyd vaqtida brakonyerlar ekoinspektorlar mashinasiga o‘q uzgan edi. Keyinroq noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan bu fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ularning bari ushlangan.

Shuningdek, 3-avgustda Qoraqalpog‘istoning Taxtako‘pir tumanida uch bosh, 25-avgustga o‘tar kechasi Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida ikki bosh urg‘ochi jayronni ovlagan brakonyerlar ushlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют