» » Andijon hokimi to‘rt kunda 2,5 tonna paxta tergan oilaga Nexia sovg‘a qildi

Andijon hokimi to‘rt kunda 2,5 tonna paxta tergan oilaga Nexia sovg‘a qildi


Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov eng faol terimchi deb topilgan qo‘rg‘ontepalik Iroda Karimovaga Ravon Nexia avtomobilini topshirdi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, Iroda Karimova “Dardoqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. “Paxta mavsumi boshidan o‘z turmush o‘rtog‘i bilan to‘rt kunda davlatga 2,5 tonna ‘oq oltin’ terib topshirgan”, — deyiladi hokimlik axborotida.

Qo‘shimcha qilishlaricha, 23-sentabr kuni Navoiy massividagi “Kelajak sadoqati” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan uchrashuvda hokim Abdurahmonov terimchilarga “ko‘rsatayotgan qahramonliklari uchun” o‘z minnatdorchiligini bildirib, ilg‘orlarga esdalik sovg‘alari ulashgan, faol terimchilarga kir yuvish mashinasi, muzlatgich va dazmollar sovg‘a qilingan.

Avvalroq Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov bir kunda yarim tonna (ba’zi manbalarga ko‘ra, 300 kilo) paxta tergan ayolga Spark avtomobili sovg‘a qilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Andijon viloyati hokimligi bir kunda yarim tonna paxta tergan ayolga Spark sovg‘a qildi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют