» » Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi


O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 22-sentabr kuni Mariya shifoxonasida O‘zbekiston fuqarosi S.S. vafot etgan.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, u 21-sentabr kuni Furshtat ko‘chasida jarohatlangan holda topilgan va kasalxonaga joylashtirilgan edi.

Qayd etishlaricha, ayni paytda ushbu holat yuzasidan Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan tergov tadbirlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Avvalroq, 16-iyul kuni Sankt-Peterburgdagi qurilishda O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani, 19-iyul kuni Sankt-Peterburgning Moskva tumanidagi uylarning biridan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgani, 6-sentabr kuni Bolshoy Pushkarskiy ko‘chasida yashovchi ishsiz o‘zbekistonlik xonadosh ayolni pichoqlab o‘ldirgani, 16-sentabr kuni esa shahardagi Burger King yemakxonasidan o‘zbekistonlikning jasadi topilgani haqida xabarlar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют