» » Liga Kubogi. “Chelsi”dan gollar shousi, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” ham keyingi bosqichga chiqdi

Liga Kubogi. “Chelsi”dan gollar shousi, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” ham keyingi bosqichga chiqdi


Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 3-bosqichi doirasida 25-sentabr, chorshanba kuni bir nechta uchrashuvlar nihoyasiga yetdi.

Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” safarda quyi liga vakili “MK Dons” klubini sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 41-daqiqasida “qizillar” yarim himoyachisi Jeyms Milner hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqaga kelib niderlandiyalik Ki-Jana Xuver hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Liverpul” safarda ishonchli g‘alaba erishdi va musobaqaning keyingi bosqichiga chiqdi.

Shu kuni Frenk Lempard boshliq Londonning “Chelsi” jamoasi o‘z maydonida “Grimsbi” bilan bellashdi.

O‘yin davomida “aristokratlar” vakillari Ross Barkli (4), Mishi Batshuayi (7, 86),Pedro (43, penalti), Kurt Zuma (56), Ris Jeyms (82) hamda Kallum Hadson-Odoi (89) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, mehmonlardan Mett Grin (19) o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Chelsi” o‘z uyida kechgan bahsda 7:1 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ole-Gunnar Sulsher boshchiligidagi “Manchester Yuynated” klubi “Old Trafford”da “Rochdeyl” bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida “mankunianlar” hujumchisi Meyson Grinvud hisobni ochdi (1:0). Oradan 8 daqiqa o‘tib mehmon jamoa vakili Lyuk Metison hisobni tenglashtirdi (1:1). Bellashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Penaltilar seriyasida esa “Manchester Yunayted”ning qo‘li baland keldi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Angliya Liga Kubogi

3-bosqich o‘yinlari

25-sentabr, chorshanba

Gollar: 1:0 — 27 Brunu Jordau, 1:1 — 90 Boyye

Gollar: 1:0 — 55 Mur, 2:0 — 71 Teylor, 3:0 — 84 Fosu-Anri, 4:0 — 90 Baptist

Gollar: 0:1 — 22 Xota, 0:2 — 33 Xurixeyn, 1:2 — 61 Roberts, 1:3 — 77 Grilish

Gol: 0:1 — 9 Pauer

Gollar: 1:0 — 14 Sharkich, 2:0 — 72 Broudxed

Gollar: 0:1 — 41 Milner, 0:2 — 69 Xuver

Gollar: 1:0 — 4 Barkli, 2:0 — 7 Batshuayi, 2:1 — 19 Grin, 3:1 — 43, penalti Pedro, 4:1 — 56 Zuma, 5:1 — 82 Jeyms, 6:1 — 86 Batshuayi, 7:1 — 89 Hadson-Odoi

Gollar: 1:0 — 68 Grinvud, 1:1 — 76 Metison

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2019, 02:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют