» » Braziliyalik hujumchilarning gollari “Real”ni La Liga peshqadamiga aylantirdi (video)

Braziliyalik hujumchilarning gollari “Real”ni La Liga peshqadamiga aylantirdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 6-turida 25-sentabr, chorshanba kuni 4 ta bahs yakuniga yetdi.

Diyego Simeone boshqaruvidagi Madridning “Atletiko” jamoasi “Malyorka” maydoniga safar qildi.

Bellashuvning 26-daqiqasida “matraschilar” hujumchisi Diyego Kosta Koke uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 64-daqiqaga kelib portugaliyalik Joau Feliks hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa “Atletiko” mehmonda kechgan bahsda “Malyorka” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Atletiko” 13 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinni band qilib turibdi. 17-o‘rinda borayotgan “Malyorka” hisobida esa 4 ochko mavjud.

Shu kuni Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning boshqa bir jamoasi “Real” “Santyago Bernabeu”da “Osasuna”ni qabul qildi.

O‘yin davomida “Qirollik klubi” a’zolari Vinisius Junior (36) hamda Rodrigo Goes (72) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Natijada Madrid klubi “Osasuna”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Real” ochkolari sonini 14 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. “Osasuna” esa 7 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

La Liga

6-tur bahslari

25-sentabr, chorshanba

Gollar: 0:1 — 59, penalti Raul Garsiya, 1:1 — 61 Oskar Rodriges

Gollar: 0:1 — 26 Diyego Kosta, 0:2 — 64 Joau Feliks

Gollar: 0:1 — 1 Mata, 1:1 — 30 Maksi Gomes, 2:1 — 34 Maksi Gomes, 3:1 — 39 Li Kan In, 3:2 — 66 Jeyson, 3:3 — 69 Anxel Rodriges

Gollar: 1:0 — 36 Vinisius, 2:0 — 72 Rodrigo

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2019, 03:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют