» » O‘zbekistonda “chelnoklar” savdosi hajmi o‘tgan yilga nisbatan uch baravarga qisqardi

O‘zbekistonda “chelnoklar” savdosi hajmi o‘tgan yilga nisbatan uch baravarga qisqardi


O‘zbekistonda “chelnoklar” savdosi hajmi qisqarishda davom etmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.

Joriy yilning 6 oyi davomida bunday savdo hajmi 195 million dollarni tashkil etdi — har bir chorakda 97,7 million dollardan. O‘tgan yilning 6 oyida bu ko‘rsatkich uch baravar ko‘p edi — 607,6 million dollar (birinchi chorakda 250 va ikkinchi chorakda 360 million dollar).

“Chelnoklar” importi 591 million dollardan 141,2 million dollargacha, eksporti 87,9 million dollardan 54,3 million dollargacha qisqardi.

Shu bilan birga, rasmiy savdo-sotiq hajmi salmoqli darajada o‘sdi: o‘tgan yilning 6 oyida 13, 5 milliard dollar bo‘lgan bo‘lsa, bu yil mazkur ko‘rsatkich 17,3 milliard dollarga yetdi.

Ma’lumot uchun, 2018-yilda O‘zbekistonda “chelnoklar” tomonidan amalga oshirilgan savdo hajmi 1 milliard dollarni tashkil etgandi. Bundan 842,9 million dollari importga, 213,2 million dollari esa eksportga to‘g‘ri kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют