» » Kaliforniyalik politsiyachi gumonlanuvchini quvishni yarim yo‘lda to‘xtatdi. Tesla’sini quvvatlantirib olish uchun

Kaliforniyalik politsiyachi gumonlanuvchini quvishni yarim yo‘lda to‘xtatdi. Tesla’sini quvvatlantirib olish uchun


Kaliforniya shtati Frimont shahri politsiya departamentidagi yagona Tesla Model S elektromobilining quvvati gumondor ta’qib qilinayotgan vaqtda tugab qoldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Hodisa 20-sentabrda kuzatilgan. Politsiyachi Jessi Xartman Sant-Klara shahridagi jinoyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan shaxs boshqarayotgan avtomobilni ta’qib qilishni boshladi. Haydovchi to‘xtashni istamagan, ta’qibdagi mashinalar tezligi soatiga 200 kilometrgacha yetgan.

Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Xartman dispetcher bilan bog‘langan va 10 kilometrga yetadigan quvvat qolgani sabab ta’qibni davom ettira olmasligini ma’lum qilgan.

Gumondorni Tesla o‘rnida qolgan boshqa odatiy patrul mashinalari quvlagan, Xartman esa elektromobilni quvvatlagichga qo‘yish uchun ketgan.

Ammo oradan taxminan 8 daqiqa o‘tgach qolgan politsiyachilar ham gumondor avtomobilni juda xavfli boshqarayotgani sababli quvg‘inni to‘xtatgan. Keyinroq ushbu shubhali avtomobil tashlandiq holatda San-Xosedan topildi. Haydovchi yashirinishga ulgurgan.

Frimont politsiyasi elektromobilning quvvati avvalgi navbatchilikdagilar uni quvvatlagichga qo‘ymagani sababli tugab qolganini bildirgan. Idoradagilar oddiy avtomobilda ham noqulay vaqtda benzin tugab qolishi mumkinligiga urg‘u berdi.

Frimont politsiyasi Tesla Model S’ni 2018-yilda 61 ming AQSh dollari evaziga xarid qilgandi. Tesla bir yil davomida politsiya ishlariga moslashtirilgan va 2019-yil mart oyida sinovdan o‘tkazilgan. Tesla avval ham kamida bitta gumondorni ta’qib qilish amaliyotida ishtirok etgan.

Mavuzga doir: “Qonun barcha uchun barobar”. Otabek Umarov Tesla avtomobilida tezlikni oshirgani uchun 1,8 mln so‘m jarima to‘ladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют