» » AQSh Oliy Majlis tomonidan din to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri ko‘rib chiqilayotganini olqishladi

AQSh Oliy Majlis tomonidan din to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri ko‘rib chiqilayotganini olqishladi


AQSh rasmiylari Oliy Majlis deputatlari tomonidan yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning ko‘rib chiqilishi boshlanganligini olqishladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun 1991-yilda qabul qilingan, unga so‘nggi o‘zgartishlar 1998-yilda kiritilgan. Qonunning diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish tartibiga qator o‘zgartirishlar kiritishini nazarda tutuvchi yangi tahriri sentabr oyida Qonunchilik palatasiga qabul qilish uchun taqdim etilgan edi.

BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-Yorkda AQShning xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Deyl Braunbek bilan uchrashdi.

“Samuel Deyl Braunbek Oliy Majlis deputatlari tomonidan yangi tahrirdagi ‘Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida’gi qonunning ko‘rib chiqilishi boshlanganligini olqishladi. Elchi qonun loyihasining diniy e’tiqod erkinligiga amal qilish masalalari borasidagi ilg‘or chet el tajribasi va xalqaro standartlarni o‘zida aks ettirishiga umid bildirdi”, — deyiladi TIV axborotida.

Abdulaziz Komilov muloqot davomida suhbatdoshining e’tiborini O‘zbekiston hukumati elchining 2018-yil sentabrida Toshkentga tashrifi, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasining 2018—2019-yillarda jahonda diniy erkinlikni ilgari surish bo‘yicha Vashingtonda bo‘lib o‘tgan birinchi va ikkinchi vazirlar konferensiyalarida ishtiroki natijalariga ko‘ra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga sodiqligiga qaratdi.

TIV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi doirasida diniy erkinliklarni himoya qilish uchun Global chorlovga bag‘ishlangan yuqori darajali konferensiyada hamda yetakchi Amerika kompaniyalari ishtirokida diniy erkinliklar masalalari bo‘yicha davra suhbatida ishtirok etish ham rejalashtirilgan edi.

“Gazeta.uz”ning eslatishicha, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning amaldagi tahriri BMTning din va e’tiqod erkinligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid tomonidan uning 2017-yil oktabrida O‘zbekistonga qilgan safari yakunlariga ko‘ra tanqid ostiga olingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют