» » Afg‘oniston AQSh va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo kelishuvi a’zosiga aylanadi. O‘zbekiston buni qo‘llab-quvvatladi

Afg‘oniston AQSh va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo kelishuvi a’zosiga aylanadi. O‘zbekiston buni qo‘llab-quvvatladi


Afg‘oniston oktabr oyida AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim (TIFA)ning to‘laqonli a’zosiga aylanadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

AQSh va Markaziy Osiyoning besh mamlakati 2004-yili savdo va investitsiyalar sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha hadli bitim (Framework Trade and Investment Agreement, TIFA)ni imzolagan edi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 22-sentabr, yakshanba kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoning besh mamlakati va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlarining “C5+1” shaklidagi navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi. Eslatib o‘tamiz, TIV rahbari mamlakatning BMT Bosh assambleyasi 74-sessiyasida ishtirok etayotgan delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda.

“Mamlakatimiz AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim (TIFA) kengashining shu yil oktabr oyida Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi majlisida Afg‘onistonga TIFA to‘la qonli a’zosi maqomini berishni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi vazirlikning uchrashuv yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan axborotida. Shu bilan birga, O‘zbekiston tomoni “yer ustidagi ko‘prik” bo‘lishi mumkin bo‘lgan Afg‘onistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga faol jalb qilinishiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Uchrashuvdagi nutqida Abdulaziz Komilov O‘zbekiston “C5+1” doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni ilgari surishda faol tarafdor bo‘lib qolishini ta’kidlagan. Xususan, O‘zbekiston infratuzilma, transport, kommunikatsiya, madaniy-gumanitar, ilm-ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish muhim deb hisoblashi va Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda yordam jalb etishdan manfaatdorligini izhor etishi qayd etib o‘tilgan.

“‘C5+1’ uchrashuvi doirasida O‘zbekiston TIV rahbari va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston—AQSh kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi”, — deya qo‘shimcha qilingan TIV axborotida.

O‘zaro munosabatlarning yangi formati hisoblangan “Markaziy Osiyo—AQSh” (“C5+1”) muloqoti 2015-yil sentabrida, mintaqaviy masalalarni hal qilish maqsadida AQSh va Markaziy Osiyoning besh mamlakati — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tomonidan tuzilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют