» » A Seriya. “Milan” Turinda mag‘lubiyatga uchradi

A Seriya. “Milan” Turinda mag‘lubiyatga uchradi


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 5-turida 26-sentabr, payshanba kuni Marko Jampaolo qo‘l ostidagi “Milan” klubi “Torino” maydoniga safar qildi.

Uchrashuv davomida “rossonerilar” hujumchisi Kshishtof Pyontek (18)ning penaltidan urgan goliga mezbon jamoa Andrea Belotti (72, 76)ning dubli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Milan” mehmonda kechgan bahsda “Torino”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va ochko yo‘qotdi.

Qayd etish joiz, o‘yinning 72-daqiqasida milanliklar darvozaboni Xose Reyna hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Ma’lumot uchun, “Milan” 6 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. “Torino” esa 9 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

5-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

5-tur bahsi

26-sentabr, payshanba

Gollar: 0:1 — 18, penalti Pyontek, 1:1 — 72 Belotti, 2:1 — 76 Belotti

“Torino”: Sirigu, Ayna (Jiji, 83), Voynovich (Ansaldi, 57), Itsso, de Silvestri, Bazelli, Rinkon, Verdi (Berenger, 66), Bremer, Zaza, Belotti

“Milan”: Donnarumma, Teo, Kalabriya, Romanyoli, Musakkyo, Chalxano‘g‘lu, Bennaser (Rebich, 78), Kessie, Suso, Rafael Leau (Bonaventura, 65), Pyontek

Ogohlantirishlar: Voynovich (8), Bennaser (21), Dzadza (31), Belotti (33), Teo (63), Romanyoli (72), Donnarumma (77), Ayna (81), Musakkyo (88)

Chetlatish: Reyna (72)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 02:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют