» » Qashqadaryoda tez tibbiy yordam haydovchilari rahbarlari ishdan bo‘shatilishini talab qilmoqda

Qashqadaryoda tez tibbiy yordam haydovchilari rahbarlari ishdan bo‘shatilishini talab qilmoqda


Qashqadaryolik tez tibbiy yordam haydovchilarining “Daryo” muxbiriga bildirishicha, 26-sentabr kuni haydovchilar bilan muloqot o‘tkazgan viloyat hokimi o‘rinbosari Sirojiddin Azizov sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyatiga boshqarmaga qarashli maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi rahbarini 2 muddat ichida ishdan olish haqida ko‘rsatma bergan.

“Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, 26-sentabr kuni Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligida haydovchilar va rahbariyat ishtirokida muloqot o‘tkazilgan.

Muloqotda viloyat hokimi o‘rinbosari Sirojiddin Azizov hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Botir Jo‘rayev ishtirok etgan.

Tez tibbiy yordam haydovchilarining ma’lumot berishicha, muloqotda barcha tumanlardan kelgan 200 nafarga yaqin haydovchi qatnashgan.

— Rahbariyatning nohaqligi jonga tegdi, — deydi 32 yildan beri haydovchilik qilayotgan Bo‘ri Suyarov. — Shukurki, yaqinda oyliklarimiz oshdi. Endi xursand bo‘lgan paytimiz avtoxo‘jalik rahbariyati bitta avtomobilni boshqarayotgan 4 nafar haydovchi yoniga beshinchi haydovchini ham ishga olmoqda. Natijada oshgan oyliklarimiz yana kamaydi.

Tez tibbiy yordam haydovchilarining aytishicha, G‘uzor hamda Chiroqchi tumanlarida beshinchi haydovchilar allaqachon ish boshlagan.

Uchrashuvda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakili sifatida ishtirok etgan Botir Jo‘rayev “Daryo” muxbiri bilan muloqotdan bosh tortib, barcha gaplarni boshqarmada gaplashib olishga chaqirdi. Muxbir barcha savollarga haydovchilar yonida aniqlik kiritish taklifini bergach, mas’ul u bilan muloqot qilishdan bosh tortdi va vaziyatga izoh bermadi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamov “Daryo” muxbiri savoliga javoban viloyat hokimi o‘rinbosari tez tibbiy yordam haydovchilari bilan muloqot qilganini tasdiqlab, mazkur ish shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotganini bildirdi.

— Avtoxo‘jalik rahbari Naim Xalilovning ishdan olinish yoki olinmasligi Qarshi shahar prokuraturasining yakuniy xulosasiga bog‘liq, — deydi Nuriddin Egamov.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Daryo” nashrida viloyatdagi tez tibbiy yordam haydovchilarining rahbariyatidan noroziligi va yonilg‘i uchun ishchilar oyligidan ushlab qolinishi xususida so‘z yuritilgandi. Bunga javoban viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining munosabati chop etilib, unda mazkur ish prokuratura tomonidan o‘rganilayotgani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют