» » “O‘zshahar qurilish invest”: “Sergelidagi uylar narxining oshishi haqidagi xabarlar asossiz. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hujjat yuridik kuchga ega emas”

“O‘zshahar qurilish invest”: “Sergelidagi uylar narxining oshishi haqidagi xabarlar asossiz. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hujjat yuridik kuchga ega emas”


“O‘zshahar qurilish invest” IK ijtimoiy tarmoqlarda Sergelidagi uylarning narxi yana oshishi borasida tarqalgan xabarlar asossiz ekanligi, xabarda aks etgan hujjat esa hech qanday yuridik kuchga ega emasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zA.

2019-yil dasturiga muvofiq “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan respublika shaharlarida 7 va 9 qavatli g‘isht hamda panel tipidagi, 16 qavatli quyma temir-beton tipidagi loyihalar asosida jami 403 ta uy-joylarning qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Hozirda uy-joylarni foydalanishga topshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu uy-joylarning loyiha-smeta hujjatlari 2019-yil I choragida davlat ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilib, unga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘isiz (QQSsiz) 7 qavatli uy-joylarning 1 kvadrat metr narxi o‘rtacha 3 980 000 so‘mni, 9 qavatli uy-joylarning 1 kvadrat metri narxi o‘rtacha 4 100 000 so‘mni, yig‘ma temir-beton konstruksiyali (panel tipdagi) loyiha asosidagi 9 qavatli uy-joylarning 1 kvadrat metri narxi o‘rtacha 4 330 000 so‘mni, quyma temir-beton tipdagi loyiha asosidagi 16 qavatli uy-joylarning 1 kvadrat metri narxi o‘rtacha 4 160 000 so‘mni tashkil etmoqda.

“Ushbu narxlar davlat ekspertiza xulosalariga asosan bo‘lib, uy-joylarda qurilish-montaj ishlari yakunlanganidan so‘ng, haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib, xonadonlarning 1 kvadrat metri haqiqiy narxi shakllanadi. Bunda yuqorida ko‘rsatilgan davlat ekspertiza xulosalari asosida tasdiqlangan baholardan oshmasligini ‘O‘zshahar qurilish invest’ IK kafolatlaydi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ma’lumotlarni asossiz ekanligi, aniq va ishonchli ma’lumotlarni “O‘zshahar qurilish invest” IK matbuot xizmati hamda +99895 514 50 50 ishonch raqami orqali olishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют