» » Fransiyada Jak Shirak vafoti munosabati bilan 30-sentabr umummilliy motam kuni deb e’lon qilindi

Fransiyada Jak Shirak vafoti munosabati bilan 30-sentabr umummilliy motam kuni deb e’lon qilindi


Fransiya hukumati mamlakat sobiq prezidenti Jak Shirakning vafoti munosabati bilan dushanba, 30-sentabr kunini umummilliy motam kuni deb e’lon qildi. Ushbu kunda Parijdagi Sen-Syulpis soborida sobiq prezidentni yodga olish marosimi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi “Kommersant”.

29-sentabr kuni Yelisey saroyining eshiklari barcha uchun ochiq bo‘lib, odamlar motam kitobiga o‘zlarining hamdardliklarini yozib ketishi mumkin.

Fransiya sobiq prezidenti 26-sentabr kuni vafot etdi. U 86 yoshda edi.

Jak Shirak 1995—2007-yillarda, ikki marotaba Fransiya prezidenti bo‘lgan. Bungacha ikki bor — 1974—1976 va 1986—1988-yillarda mamlakat bosh vaziri bo‘lgan. Ikkinchi bosh vazirlik muddatini Parij meri lavozimi bilan birga o‘tkazgan. U Fransiya poytaxtini 18 yil davomida boshqargan.

Shirak Ikkinchi jahon urushida yahudiylarning deportatsiya qilinishiga Fransiyaning daxldorligini birinchi bo‘lib tan olgani, shuningdek, AQShning Iroqqa bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani bilan tanilgan. Bundan tashqari, Shirak davrida Fransiya prezidentining vakolat muddati yetti yildan besh yilga kamaytirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют