» » Tupak Shakurning onasi uning shaxsiy buyumlarini qaytarib olish uchun auksionni sudga berdi

Tupak Shakurning onasi uning shaxsiy buyumlarini qaytarib olish uchun auksionni sudga berdi


1996-yilda otib o‘ldirilgan amerikalik reper Tupak Shakurning onasi o‘g‘lining shaxsiy buyumlarini qaytarib olishga qaror qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ular orasida qo‘shiqlar matni, kundaliklar, pasport, haydovchilik guvohnomasi, kiyim va zargarlik buyumlari bor. Shu maqsadda Afeni Shakur sudlarda bir necha da’volar qo‘zg‘adi.

TMZ saytiga ko‘ra, da’volar Moments in Time auksion do‘koni, shuningdek, yana ikki shaxsga qaratilgan.

Afeni Shakur ular o‘g‘lining shaxsiy buyumlarini noqonuniy ravishda, vositachilar orqali sotib olgan kishilardan xarid qilgan, deb hisoblamoqda.

Tupak Shakurning shaxsiy buyumlari auksionlarda yuqori baholanadi, chunki uni o‘limidan so‘ng Klivlenddagi rok-n-roll shon-shuhrati zaliga kiritishga qaror qilindi.

Marosim joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют