» » O‘zbekistonda nima uchun sudyalarning eng kichik yoshi 35 etib belgilangani aytildi

O‘zbekistonda nima uchun sudyalarning eng kichik yoshi 35 etib belgilangani aytildi


“Gazeta.uz” O‘zbekistondagi sudyalar yoshiga doir “Nima uchun sudyalarning eng kichik yoshi 35 etib belgilandi?” nomli maqola chop etdi. Unda Oliy sud sudyasi, Sudyalar oliy malaka hay’ati raisi Mo‘min Astanov bu masalaga batafsil to‘xtatib o‘tgan. Quyida maqola to‘lig‘icha havola etildi.

Ma’lumki, 10-sentabr kuni “Ba’zi davlat or­ganlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Yangi qonun bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunlarga muhim o‘z­gartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, sudyalar korpusini yetarli hayotiy tajribaga ega yuqori malakali yuristlar orasidan shakllantirish maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi va «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunlarga sudyalar yoshini o‘ttiz besh yoshgacha oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy ishlar bo‘yicha 343 nafar sudyaning 76 nafari, ya’ni 22,2 foizi 35 yoshga to‘lmagan. Ushbu sudyalar tomonidan qabul qilingan qarorlarning bir qanchasi yuqori bosqich sudlari tomonidan bekor qilingan.

Aniqlanishicha, bekor qilingan qarorlardan aksariya­tining qabul qilinishiga sudyalar tomonidan protsessual huquq normalari noto‘g‘ri qo‘llanilishi oqibatida yo‘l qo‘yilgan. Sodda qilib aytganda, bunda sudyalarning yoshligi va tajribasizligi pand bergan.

Prezidentning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish lozimligi ta’kidlangani bejiz emas. Zero, sudya­lar korpusini shakllantirish tizimini sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga to‘liq moslashtirish talab etiladi.

Shuningdek, bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlash zarur. Buning uchun tuman, shahar va viloyat sudi sudyalarini tanlash va tayinlash vazifasini, davlat rahbari uqtirganidek, Sudyalar oliy kengashi to‘liq o‘z zimmasiga olishi maqsadga muvofiqdir.

Prezident tomonidan ilgari surilgan mazkur takliflarni amalga oshirish maqsadida yangi qonun bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 63-moddasi (Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi), 72-moddasi (Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish) va “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasiga (Kengash vakolatlari) Kengash tomonidan tuman, shahar, viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi sudyalarini tayinlash va lavozimidan ozod etish masalalarini O‘zbekiston Prezidentining roziligisiz mustaqil ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritildi.

“Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 661-moddasida Oliy sudning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan, boshqa sudlarning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi sudyaning roziligi bilan Sudyalar oliy kengashi tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi belgilangan. Biroq ushbu tartib “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilmagan edi.

Shu sababli “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasi Oliy sudning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish haqida O‘zbekiston Prezidentiga taqdimnoma kiritish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar sudlari, Toshkent shahar sudi, tumanlararo, tuman (shahar) va harbiy sudlarning sudyalik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish tartibini nazarda tutuvchi norma bilan to‘ldirildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasi:

“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan yangiliklar haqida gap borar ekan, zaxiraga kiritilishi istagini bildirgan nomzodning arizasini ikki oy ichida ko‘rib chiqish, sudya­lik yoshi o‘ttiz besh yoshgacha oshirilishi munosabati bilan sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasining yoshini o‘ttiz yosh­dan o‘ttiz uch yoshgacha oshirishni nazarda tutuvchi o‘z­gartirishlarni ham alohida ta’kidlash darkor.

Bundan tashqari yangi qo­nun bilan sudyani vakolat muddati tugaganidan so‘ng sudyalik lavozimiga va boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash tartibi alohida 24?1-moddada belgilandi.

Jumladan, ushbu moddada Kengashning viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, O‘zbe­kis­ton Respublikasi Harbiy sudi raisi, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy sudlar raislari va sudyalari lavozimlariga nomzodlar bo‘­yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish, sudyaning vakolat muddati tugaganidan keyin uni sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi haqidagi masalani ko‘rib chiqish muddati, agar sudya o‘zi da’vogar bo‘lgan lavozim talablariga javob bermasa, Kengashning uni quyi sudyalik lavozimiga ko‘rib chiqish masalasini kun tartibiga kiritish huquqi belgilangan normalar nazarda tutildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют