» » Toshkentda ShHT MATT Kengashining ottizinchi majlisi bolib otdi

Toshkentda ShHT MATT Kengashining ottizinchi majlisi bolib otdi


Toshkent shahrida 30-mart kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining navbatdagi, ottizinchi majlisi bolib otdi, deya xabar bermoqda OzA.

Unda Qozogiston, Xitoy, Qirgiziston, Rossiya, Tojikiston, Ozbekiston va ShHT MATT Ijroiya qomitasi vakillari ishtirok etdi. Majlis Xitoy raisligida otdi.

Majlis yakunlariga kora, ShHT Davlat rahbarlari kengashiga taqdim etiladigan ShHT MATT Kengashining mazkur xalqaro tuzilmaning 2016-yildagi faoliyati togrisidagi maruzasi maqullandi, 2016-yilda ShHTga azo davlatlarning terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish boyicha 20162018-yillarga moljallangan hamkorlik dasturi va ShHT MATT Kengashining avval qabul qilingan qarorlari ijrosi muhokama qilindi. ShHTga azo davlatlar vakolatli organlarining Tojikiston hududida otkazilgan terrorizmga qarshi Hamkorlik2016 birgalikdagi oquv mashqlari yakunlariga yuqori baho berildi.

ShHTning ekstremizmga qarshi kurashish togrisidagi konvensiyasi loyihasi maqullandi.

2017-yilda ShHTga azo davlatlar vakolatli organlarining terrorizmga qarshi birgalikdagi oquv mashqlari va chegara operatsiyalari, ShHTga azo va kuzatuvchi davlatlar delegatsiyalari ishtirokida xalqaro terrorizm hamda ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik masalalariga bagishlangan beshinchi ilmiy-amaliy konferensiyani otkazish boyicha qarorlar qabul qilindi.

ShHTga azo davlatlar vakolatli organlarining ekstremistik yonalishdagi diniy oqimlarning buzgunchi faoliyati oqibatida yuzaga keladigan tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish boyicha hamkorlikdagi chora-tadbirlar maqullandi.

ShHT MATT Ijroiya qomitasining otgan davrdagi faoliyati ijobiy baholandi. ShHT MATT Ijroiya qomitasi faoliyatini tashkiliy va kadrlar bilan, moliyaviy taminlash, terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasida ShHTga azo davlatlar hamkorligining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga doir masalalar yuzasidan qator qarorlar qabul qilindi.

ShHT MATT faoliyatini rivojlantirishga qoshgan hissasi uchun mazkur davlatlar vakolatli organlarining qator xodimlari va ShHT MATT Ijroiya qomitasining mansabdor shaxslari ragbatlantirildi.

ShHT MATT Kengashining navbatdagi majlisini 2017-yil sentabr oyida Xitoyda otkazishga kelishib olindi. Kengash majlisi ishchanlik va amaliy ruhda otdi, deyiladi OzA axborotida.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (30-03-2017, 22:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
:
-
:
20 ... -