» » Facebook layklarni yashirishni boshladi. Pilot loyihasi Avstraliyada ishga tushirildi

Facebook layklarni yashirishni boshladi. Pilot loyihasi Avstraliyada ishga tushirildi


Facebook ijtimoiy tarmog‘i postga munosabat va layklar soni hisoblagichini yashirib qo‘ydi. Pilot loyihasi Avstraliyada ishga tushirildi, deb yozgan Meduza.

27-sentabr, juma kuni avstraliyalik foydalanuvchilarning ma’lum qismi boshqalar qoldirgan postlardagi layklar va reaksiyalar sonini ko‘ra olmaydi. Bunda foydalanuvchilar o‘z sahifasidagi postga boshqalarning munosabati va layklar sonini ko‘rish imkoniyati saqlanib qolgan.

Facebook vakillarining fikricha, hisoblagichning yashirilishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga ommaviy bosimni kamaytiradi, shu tariqa ular boshqalarda qanday reaksiya uyg‘onishini fahmlab, o‘z yo‘nalishlarini aniq belgilay oladi.

Avvalroq Facebook’ga qarashli Instagram tarmog‘ida layklarni yashirish sinovdan o‘tkazilgandi.

Avgustda “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida ham yangi hisoblagichsiz dizayn test qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют