» » Kiyimingizning rangi siz haqingizda nima deydi?

Kiyimingizning rangi siz haqingizda nima deydi?


Ertalab libosingizni nafaqat ob-havo va dress-kodga, balki o‘zingizning kayfiyatingizga ham mo‘ljallab tanlashingiz muqarrar. Olimlar bizning ongimiz ranglarni xiliga qarab turlicha qabul qiladi deb hisoblaydilar. Xo‘sh, ko‘raylik-chi, siz o‘zingiz sezmagan holda atrofdagilarga qanday signallar yuborar ekansiz.

O‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarga ko‘ra, qizil rang inson fe’l-atvoriga kuchli ta’sir qilar ekan. Masalan, ayollar ko‘pincha erkaklar diqqatini tortish uchun beixtiyor qizil rangli buyumlarni tanlaydilar.

Ishda shiddatli aqliy hujum kutilayotgan bo‘lsa, ko‘k rangli libos kiying. Ko‘k rang xotirjamlik va vazminlik bag‘ishlaydi. Bu rangda kishilar o‘zlarini ancha qulay his qiladilar.

Bu rang xushbichimlik, tantanavorlik baxsh etadi va hatto ortiqcha vaznni yashiradi. Shu bilan birgalikda qora rang salbiylik va qo‘pollikni bildiruvchi rang hisoblanadi

Agar ishonch va ezgulik uyg‘otmoqchi bo‘lsangiz — yashil kiyim tanlang. Yashil — to‘kislik va tozalik, shuningdek  boylik va farovonlik rangi.

Bu rang jiddiy bo‘lishiga qaramasdan odamning kayfiyatiga va hissiyotiga kuchli ta’sir qiladi. Shuning uchun, agar o‘zingizni baxtli va tinchliksevar sezishni xohlasangiz — pushtirang kiyimni tanlang.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют