» » Toshkentda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeyini kuchaytirishga bag‘ishlangan ikki kunlik forum bo‘lib o‘tdi

Toshkentda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeyini kuchaytirishga bag‘ishlangan ikki kunlik forum bo‘lib o‘tdi


26-sentabr kuni Toshkentda “Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi mavqeyini kuchaytirish” mavzusida ikki kunlik forum bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar gender tengligini himoya qilish bo‘yicha komissiyasi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistondagi Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan forumda senatorlar, deputatlar, vazirliklar va idoralar rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, OAV vakillari qatnashdi.

Forum davomida oila buzilishining oldini olish, jamiyatda oila maqomini mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Shu munosabat bilan nodavlat notijorat tashkilotlarining bu boradagi amaliy ish tajribasi batafsil ko‘rib chiqildi va tahlil qilindi.

Tegishli ko‘nikma va qobiliyatga ega faol xotin-qizlarni rahbar lavozimlariga tayyorlash, ishbilarmon ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama etildi. Xotin-qizlarga nisbatan jinoyat ko‘rsatkichlarini kamaytirish choralariga ham alohida e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan fuqarolar orasida profilaktika va tushuntirish ishlarini faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Imkoniyatlari cheklangan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish haqida so‘z borganda bunday toifadagi ayollar bilan ishlashda psixologik yordam berish va qo‘llab-quvvatlash muhim ekanligi qayd etildi. Bunda ular uchun ijtimoiy shart-sharoitni yaxshilash va ular bandligini ta’minlash imkoniyatlari batafsil muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют