» » Oq uy Tramp va Putinning telefon suhbatini yashirganlikda gumonlanmoqda

Oq uy Tramp va Putinning telefon suhbatini yashirganlikda gumonlanmoqda


AQSh prezidenti administratsiyasida Donald Trampning boshqa mamlakat rahbarlari bilan telefon suhbatlarini yozib olishni cheklab qo‘yish imkoniyati mavjudligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi CNN.

Xususan, Oq uy Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon bilan suhbatini maxfiylashtirishga uringan. Administratsiya sobiq xodimining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh prezidentlarining telefon suhbati stenogrammasi qattiq cheklangan bo‘lgan.

Bundan tashqari, administratsiya xodimlari Trampning shahzoda Muhammad bilan suhbati stenogrammasini ko‘rmagan, odatda ularda bunday suhbatlarni kuzatish huquqi bo‘ladi.

Oq uy hozircha ushbu ma’lumotga izoh bermagan.

Avvalroq, Oq uy Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbatini maxfiylashtirishga uringani ma’lum bo‘lgandi. Bu kabi qaror AQSh Milliy xavfsizlik kengashi yuristlari ko‘rsatmasiga asosan qabul qilingan.

Mavzuga doir: Kongress Trampga impichment bilan tahdid qilmoqda. Sabab — uning Zelenskiy bilan suhbati. Ahvol ancha jiddiy



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют