» » Markaziy saylov komissiyasi: Saylovlarda ovoz berish vaqti o‘zgardi

Markaziy saylov komissiyasi: Saylovlarda ovoz berish vaqti o‘zgardi


Endilikda ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi. Bu haqda 27-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasi bo‘lim boshlig‘i Farhodjon Nasriddinov jurnalistlar uchun saylovni yoritish masalalariga bag‘ishlangan seminarda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Seminarda Saylov kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar haqida ma’lumot berildi. Farhodjon Nasriddinovning ma’lum qilishicha, saylovlarda ovoz berish vaqti ikki soatga qisqargan.

“Avval saylovlarimizda ovoz berish soat 6:00 dan 20:00 gacha o‘tkazilgan bo‘lsa, Saylov kodeksiga muvofiq endi ovoz berish vaqti soat 8:00 dan soat 20:00 gacha etib belgilandi”, — dedi Markaziy saylov komissiyasi vakili.

Saylov kodeksining 51-moddasiga ko‘ra, ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida o‘n kun oldin xabardor qiladi.

Ma’lumot uchun, 22-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tadi. 20-sentabrdan saylov kampaniyasiga start berilgan, 24-sentabr kuni esa saylovlarda qatnashadigan besh partiya — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Liberal-demokratik partiya, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi hamda Ekologik partiyaning vakolatli vakillari ro‘yxatga olinib, ularga saylovchilarning imzolarini to‘plashlari uchun belgilangan namunadagi imzo varaqalari topshirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют