» » Vladimir Putinning 2024-yilga kelib Sovet Ittifoqini qayta tiklash rejalari yo‘qligi ma’lum qilindi

Vladimir Putinning 2024-yilga kelib Sovet Ittifoqini qayta tiklash rejalari yo‘qligi ma’lum qilindi


Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili da’vo qilayotganidek, Vladimir Putinning 2024-yilga kelib Sovet Ittifoqini qayta tiklash rejalari yo‘q. Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Yo‘q, bunday rejalar umuman yo‘q”, — dedi Dmitriy Peskov.

Oldinroq Gruziya OAVlari ko‘chirib bosgan bayonotida Saakashvili Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Armaniston, Gruziya, Belarus, Moldova va Ukrainaning bir qismini birlashtirib, SSSRni qayta tiklash rejalari borligini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Saakashvili Rossiya bilan Gruziyaning neytral maqomi yuzasidan muzokaralar olib borilayotganini bildirgan. Bu mamlakatning NATO va Yevroittifoqqa kirishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lar edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют