» » Namanganda Butunjahon turizm kunida o‘n beshinchi mehmonxona foydalanishga topshirildi

Namanganda Butunjahon turizm kunida o‘n beshinchi mehmonxona foydalanishga topshirildi


Namangan shahrida 27-sentabr kuni nishonlangan Butunjahon turizm kunida mahalliy mehmonxonalar soni yana bittaga ko‘paydi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Shahar markazida qad rostlagan “Grand Sherdor” butik-oteli shu toifadagi O‘zbekistondagi uchinchi, Farg‘ona vodiysida esa ilk mehmonxona hisoblanadi.

Unda o‘ziga xos jihozlangan va bir-birini takrorlamaydigan 60 ta xona bo‘lib, 95 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda yiliga 20 ming nafar mehmonga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatiladi.

“Grand Sherdor” Namangan shahridagi hisob bo‘yicha 15-mehmonxona bo‘ldi. Ular bir paytning o‘zida 1200 kishini qabul qilish imkoniga ega.

Ochilish marosimida ishtirok etgan shahar hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning ta’kidlashicha, viloyat markazida yana 12 ta mehmonxona qurilishi ko‘zda tutilgan. Zero Namanganga kelayotgan xorijlik mehmonlar, xususan, investorlar soni kun sayin ortib bormoqda.

Mehmonxonalarning ikkitasi joriy yil oxiriga qadar foydalanishga topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют