» » Bundesliga. “Bavariya” bazo‘r yutdi, “Borussiya D” esa yana ochko yo‘qotdi (video)

Bundesliga. “Bavariya” bazo‘r yutdi, “Borussiya D” esa yana ochko yo‘qotdi (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 6-turi doirasida 28-sentabr, shanba kuni 6 ta bahs bo‘lib o‘tdi.

Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi safarda “Paderborn” bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuv davomida Myunxen klubi a’zolari Serj Gnabri (15), Filippe Koutinyo (55), Robert Levandovski (79) bittadan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, mezbon jamoadan Kay Preger (68) hamda Jamilu Kollinz (84) Manuel Noyer qo‘riqlayotgan darvozaga gol urdi.

Shu tariqa “Bavariya” mehmonda kechgan bahsda “Paderborn”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Bavariya” ochkolari sonini 14 taga yetkazib, musobaqa jadvalida peshqadamga aylandi. Oxirgi o‘rinda borayotgan “Paderborn” hisobida esa 1 ochko mavjud.

Lyusen Favr boshqaruvidagi Dortmundning “Borussiya”si “Signal Iduna Park” stadionida “Verder”ni qabul qildi.

Bellashuvda mehmon jamoa vakillari Milot Rashitsa (7) va Marko Fridl (55) dormundliklar darvozasini ishg‘ol qildi. “Arilar”dan esa Mario Gyotse (9) hamda Marko Roys (41) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Natijada uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Borussiya Dortmund” 11 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinni band qilib turibdi. “Verder” esa 7 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga

6-tur bahslari

28-sentabr, shanba

Gollar: 0:1 — 29 Sane, 0:2 — 43, penalti Xarit, 0:3 — 58 Matondo, 1:3 — 83 Forsberg

Gollar: 0:1 — 43 Plea, 0:2 — 65 Tyuram, 0:3 — 83 Noyxaus

Gol: 0:1 — 9 Tisseran

Gollar: 0:1 — 34, avtogol Niderlexner, 0:2 — 76 Folland, 0:3 — 84 Xaverts

Gollar: 0:1 — 15 Gnabri, 0:2 — 55 Koutinyo, 1:2 — 68 Preger, 1:3 — 79 Levandovski, 2:3 — 84 Kollinz

Gollar: 0:1 — 7 Rashitsa, 1:1 — 9 Gyotse, 2:1 — 41 Roys, 2:2 — 55 Fridl

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2019, 02:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют