» » O‘zbekistonda ilk bor organik paxta yetishtirildi

O‘zbekistonda ilk bor organik paxta yetishtirildi


O‘zbekistonda birinchi marotaba organik paxta yetishtirildi. Bu haqda Qishloq ho‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi, deb yozadi O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, organik paxta Chinoz klasterining Textile technologiyes group MCHJ XK tomonidan ishlab chiqilgan. Ekologik toza mahsulot hisoblangan organik paxtani jahon va Yevropa bozorlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Bolgariyadan tashrif buyurgan Control union tashkiloti inspektor-auditori Yekaterina Tomeva mahsulotning sifat darajasini ko‘zdan kechirib, unga yuqori baho berdi va mahsulotdan nafaqat oliy navli tola, balki chigitidan ekologik toza paxta yog‘i olinishi mumkinligini ham qayd etgan.

Yekaterina Tomeva yetishtirilgan organik paxta sifat darajasi bo‘yicha bozordagi narxi bir yarim barobar qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lishini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 55) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют