» » Toshkentda bir haftada uchta bangixona aniqlandi

Toshkentda bir haftada uchta bangixona aniqlandi


Toshkent shahrida giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi murosasiz kurash borasida tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, mart oyi boshidan 115 ta holat aniqlanib, jami 2 kilogramm 423 gramm giyohvandlik vositalari — 2 kilogramm 228 gramm marixuana, 23 gramm gashish, 16 gramm opiy va boshqa turdagi 155 gramm giyohvandlik vositalari daliliy ashyo tariqasida olingan.

24—30-mart kunlari oralig‘ida esa olib borilgan tezkor tadbirlar davomida 21 ta holat aniqlanib, jami 308 gramm giyohvandlik vositalari daliliy ashyo tariqasida olingan.

“Shuningdek, giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun tashkil etilgan 3 ta bangixonalar aniqlandi”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют