» » 1-apreldan O‘zbekistondagi jinoiy jazolar tizimida yangi “majburiy jamoat ishlari” jazosi kuchga kiradi

1-apreldan O‘zbekistondagi jinoiy jazolar tizimida yangi “majburiy jamoat ishlari” jazosi kuchga kiradi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni “Fuqarolar huquqlari va erkinligini ishonchli muhofaza qilish kafolatini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Hujjat 17-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 28-mart kuni Senat tomonidan tasdiqlangan edi.

Qonun Jinoiy, Jinoiy-protsessual, Fuqarolik protsessual, Jinoiy-ijroiy kodekslar, “Sudlar to‘g‘risida”gi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutadi.

Xususan, jinoiy jazo hibsga olish ko‘rinishida yengillashtiriladi. Shu bilan bir vaqtda, jinoiy jazolar tizimiga ancha yengil, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo – “majburiy jamoat ishlari” kiritilmoqda.

Jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxslarga nisbatan hibsga olish muddatlari 72 soatdan 48 soatga, dastlabki tergov 12 oydan 7 oygacha qisqartirildi. Qo‘riqchilar nazorati ostida hamda uy qamog‘ida ushlab turish choralari ham eng kam muddatgacha qisqartirildi.

Bundan tashqari, pochta va telegraf jo‘natmalarini qo‘lga olish hamda jasadni sud-meditsina ekspertizasi uchun kavlab olish bo‘yicha sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazilishi belgilandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddatlari uch yildan bir yilgacha qisqartirildi.

Qonunda belgilangan barcha o‘zgartirishlar 2017-yil 1-aprelidan kuchga kiradi.

Qonunning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют